17 yoshli Nodirbek Abdusattorov amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsenni mag‘lub etdi.

Polshaning Varshava shahrida shaxmatning rapid va blits yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempionatida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov 10-partiya o‘yinini o‘tkazdi.

Shaxmatchimiz oq donalarda amaldagi jahon chempioni norvegiyalik Magnus Karlsenga qarshi dona surib raqibini mag‘lub etdi.