“Uzbekistan Airways” AJ matbuot xizmati tomonidan taqdim qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistondan Istanbulga ikki tomonlama aviaqatnovlar uchun joriy yilning 11 noyabrdan 30 noyabrgacha bepul bagaj tashish uchun maxsus aksiya o‘tkazadi.⠀

Joriy yil 30 noyabrgacha bo‘lgan aviaqatnovlarda bagaj chiptada ko‘rsatilgan me’yordan qat’iy nazar hech qanday qo‘shimcha to‘lovsiz qabul qilinadi.

Toshkentdan Istanbulgacha va ortga ekonom klassda 40 kg gacha, biznes-klassda esa 50 kg gacha, Urganch yoki Farg‘onadan Istanbulgacha va ortga ekonom klassda 35 kg gacha bepul bagaj tashish mumkin.

 

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA