Nukusda aralash jang san’ati bo‘yicha Markaziy Osiyo chempionatining tantanali ochilish marosimi bo‘ldi.
O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikalarining davlat madhiyalari yangradi.
Unda Xalqaro aralash jang san’ati federatsiyasi (IMMAF) prezidenti K.Braun, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi M.Kamalov so‘zga chiqib, yurtimizda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan sportni, shu jumladan, aralash jang san’ati sport turlarini rivojlantirish. yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, qobiliyatli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.
Natijada yurtimiz sportchilari xalqaro sport maydonlarida yuqori natijalarga erishib, Vatanimiz sha’nini munosib himoya qilmoqda.
Markaziy Osiyo aralash jang san’atlari konfederatsiyasi (CAMMAC) tomonidan tashkil etilayotgan chempionatda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston va Ozarbayjon davlatlaridan havaskor sportchilar 10 vazn toifasida bellashmoqda.
Tadbirda yosh sportchilarning kӯrgazmali chiqishlari namoyish etildi.
Tantanali ochilish marosimidan sӯng yarim final janglari bӯlib ӯtdi.
Dovud Abibullayev, O‘zA