O‘rta Osiyo aralash jang san’atlari konfederatsiyasining chempionati joriy yil 9-10 oktyabr kunlari Nukusdagi «Manej» sport majmuasida bo‘lib o‘tadi.
Ushbu birinchi bor start oladigan qit’a chempionatiga O‘rta Osiyo aralash jang san’atlari Konfederatsiyasi (CAMMAC)ga a’zo bo‘lgan 5 ta davlat – O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va ozarbayjonlik aralash jang san’atlari ustalari ishtirok etib g‘oliblik uchun bahs yuritadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘rta Osiyo aralash jang san’atlari Konfederatsiyasi (CAMMAC)ga 2020 yil 9 fevralda Nur-Sulton shahrida asos solingan va unga Otabek Umarov rahbar etib tayinlangandi.
Shuningdek, 11 oktyabr kuni musobaqaga tashrif buyurgan mehmonlar va sportchilar uchun Mo‘ynoqda o‘ziga xos shou dasturlari ham o‘tkaziladi.
Ye.Qanoatov, O‘zA