Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev saylovchilar bilan uchrashish uchun 27 sentyabr kuni Namangan viloyatiga keldi.

Ayni paytda Davlatobod tumani Yuksalish mahallasida nomzodning viloyat saylovchilari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.

Uchrashuvda nomzodning Namangan viloyati bo‘yicha ishonchli vakili, viloyat Nuroniylar jamoatchilik kengashi raisi, Oliy Majlis Senati a’zosi Ikromxon Najmiddinov  moderatorlik qilmoqda.

Joriy yil 24 oktyabrda mamlakatimiz taqdiri va kelajagi uchun o‘ta muhim ahamiyat kasb etadigan ijtimoiy-siyosiy voqea – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tadi. Ushbu tadbirga Namangan viloyatida ham puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Ishonchli vakil keyingi yillarda viloyatda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlariga qisqacha to‘xtaldi. Shundan so‘ng so‘z O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyevga berildi.

Ayni paytda Shavkat Mirziyoyev o‘zining saylovoldi dasturi yuzasidan ma’ruza qilmoqda.

 

O‘zA