O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev saylovchilar bilan uchrashish uchun 27 sentyabr kuni Namangan viloyatiga jo‘nab ketdi.

Keyingi kunlari Farg‘ona va Andijon viloyatlarida ham saylovoldi uchrashuvlari o‘tkaziladi.

Bundan tashqari, davlatimiz rahbari korxonalar faoliyati, bunyodkorlik ishlari, mahallalar hayoti bilan ham tanishadi.