Avval xabar berganimizdek, 18 avgust kuni Nukus shahrida 2007-2008 yillarda tug‘ilgan va undan kichik yoshdagi o‘smirlar o‘rtasida veloshosse bo‘yicha O‘zbekiston chempionati start olgan edi.

Ӯzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Ӯzbekiston Milliy Olimpiya qӯmitasi hamda Ӯzbekiston Velosport federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan musobaqada   Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardan jami 13 ta jamoa ishtirok etdi.

Bugun Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti oldida musobaqaning yakuniy bosqichiga start berildi. Nukus shahrining markaziy kӯchalari bӯylab umumiy hisobda 30 kilometrdan ziyod masofani ӯz ishiga olgan ushbu bosqichda yosh sportchilar ӯzaro kuch sinashdilar

Shu kunning ӯzida tӯrt kun davom etgan musobaqa g‘oliblarini taqdirlash marosimi bӯldi. Birinchi ӯrinni Toshkent shahridan N.Tursunov, ikkinchi ӯrinni Toshkent shahridan V.Burxonov, uchinchi ӯrinni Qoraqalpog‘iston Respublikasidan B.Qurbaniyazov egalladi.

Ӯzbekiston chempionati g‘oliblariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda Turizm va sport bosh boshqarmasi tomoindan medallar va qimmabbaho sovg‘alar topshirildi.

 

Dovud ABIBULLAEV, Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA