Qoraqalpog‘istoning Nukus shahrida qo‘l to‘pi bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada ishtirok etgan “AGMK”ning erkaklar va ayollar jamoasi barcha raqiblarini yengib, bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.

Shu tariqa “AGMK” ning erkaklar jamoasi yettinchi marotaba, ayollar klubi esa 9- marta O‘zbekiston kubogiga ega chiqdi.

Endi “AGMK” klubi erkaklar o‘rtasida qo‘l to‘pi bo‘yicha Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etadi. Ushbu nufuzli musobaqa joriy yilning 10-22 iyun kunlari Saudiya Arabistonining Jidda shahrida o‘tkazilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz: AGMK gandbolchilari o‘z tarixlarida birinchi bora nufuzli musobaqada ishtirok etadi.

 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA