bugungi videoselektor yig‘ilishida yangi qurilayotgan 183 ta massivning infratuzilma bilan bog‘liq muammolarini to‘liq hal qilish, jumladan, ichimlik suvi, oqova tizimi, elektr energiyasi, tabiiy gaz tarmoqlari tortish bo‘yicha ham vazifalar belgilandi.

Bunga talab etiladigan 415 milliard so‘m mablag‘larning manbalari to‘liq hal etilgan.

O.Ramatovga viloyat, tuman va shahar hokimlari bilan birga, ikki hafta muddatda ushbu massivlar infratuzilmasi bilan bog‘liq loyiha hujjatlarini yakunlab, ishlarni boshlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.

O.Ramatov, J.Qo‘chqorov, “Qishloq qurilish invest” (Q.Hoshimbekov) bir oy muddatda Osiyo taraqqiyot bankidan qo‘shimcha berilgan 50 million dollar hisobidan aholi zich yashaydigan, uy-joyga talab yuqori bo‘lgan tumanlarni belgilab, kamida 3 mingta xonadonli ko‘p qavatli uylar qurishni boshlash kerakligi ta’kidlandi.

Shu bilan birga, bugungi kunga qadar boshlang‘ich badal uchun subsidiya so‘ragan 27,5 mingta murojaat bo‘yicha faqatgina 4 mingta arizaga ijobiy xulosa berilgan (73 milliard so‘m yoki 8 foiz subsidiya berilgan, xolos). Hozirda 5,5 mingta ariza rad etilgan, 18 mingtasi o‘rganilmoqda. Sababi, uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lashning amaldagi tartib bo‘yicha arizani ko‘rib chiqishga 25 kungacha vaqt ketadi.

Davlatimiz rahbari ikki hafta muddatda subsidiya bo‘yicha murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatini 10 kundan 3 kungacha, kelishiladigan tashkilotlarni 9 tadan 5 taga qisqartirish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

 

O‘zA