Joriy yilda ishga tushirilgan “Shaffof qurilish” tizimi orqali pudratchilarni ochiq-oshkora tanlab olish natijasida investitsiya dasturlari doirasida bir oyda 400 milliard so‘mdan ziyod mablag‘lar iqtisod qilingan.
Bu haqda davlatimiz rahbari hududlarda ipoteka dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, Qoraqalpog‘iston, Qashqadaryo, Samarqand va Sirdaryoda – 40 milliard so‘mdan, Xorazmda – 35 milliard so‘m, Buxoro, Jizzax, Toshkent viloyati va Toshkent shahrida – 30 milliard so‘mdan iqtisod qilingan.
Prezidentimiz ikki hafta muddatda tenderlardan iqtisod qilingan mablag‘larni tegishli hududdagi infratuzilmaviy va ijtimoiy masalalar bilan bog‘liq muammolarni hal qilishga yo‘naltirish bo‘yicha ob’ektlar kesimida chora-tadbirlar ishlab chiqish haqida topshiriq berdi.
O‘zA