Xabaringiz bor, Polshada yoshlar o‘rtasida boks bo‘yicha jahon chempionati o‘tkazilmoqda. Musobaqaning saralash bahslari nihoyasiga yetdi. Bugun chorak final janglari start oladi.

Yarim finalga yo‘llanma olish – jahon chempionatining medallariga sazovor bo‘lishdek gap. Demak, chorak finalga yo‘llanma olgan 12 nafar hamyurtimizning deyarli barchasida kamida 12 ta bronza medalini naqd qilishga imkon bor.

Bugun ringga ko‘tariladigan bokschilarimiz:

-54 kg: Nigina O‘ktamova – Noppaket Srisavas (Tailand) – 17:00

-69 kg: Xadichabonu Abdullayeva – Evelina Taimi (Finlyandiya) – 17:45

-75 kg: Nurislom Ismoilov – Mixail Usov (Rossiya) – 19:45

-91 kg: Amirshoh Samadov – Yakub Strashevski (Polsha) – 20:00

-49 kg: Ibrohim Ishjonov – Sanjar Tashkenbay (Qozog‘iston) – 18:15

-56 kg: Dilshod Abdumurodov – Sachin (Hindiston) – 18:45

-75 kg: Sohiba Ro‘zmetova – Raisa Piskun (Ukraina) – 22:00

-52 kg: Shahzod Muzaffarov – Daiya Kira (Yaponiya) – 22:45

-60 kg: Aydos Tog‘ayboyev – Jon Orobio (Kolumbiya) – 23:15

-64 kg: Mohinabonu Abdullayeva – Elida Kocharyan (Armaniston) – 21:45

-69 kg: A’loxon Abdullayev – Chem Kaya (Turkiya) – 23:45

-81 kg: Shohjahon Abdullayev – Delil Dadayev (Germaniya) – 00:15

Bellashuvlar Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan. Undan avvalgi janglarning yakunlanishiga qarab vaqt o‘zgarishi mumkin.