Nukus shahrida sportning dzyudo turi bo‘yicha 2006-2007 yillarda tug‘ilgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi chempionati o‘tkazildi.

Unda Mo‘ynoq, Qo‘ng‘irot, Qonliko‘l, Taxiatosh,  Xo‘jayli, Nukus, Kegeyli, Qorao‘zak, Taxtako‘pir, Amudaryo tumanlari va Nukus shahridan jami 200 dan ziyod sportchi qatnashdi.

Ishtirokchilar 10 vazn toifasida o‘zaro bellashdi.

Qizlar bahsida D. O‘roqboyeva, G. Baxitboyeva, G. Aytboyeva, U. Eshniyozova, Q. Qurolboyeva, B. Ozodova, D. O‘rinboyeva, G. Bozorgaliyeva, N. Baxtiyorova g‘olib bo‘ldi.

O‘smirlar o‘rtasida X. Sultonov, N. Ernazarov, S. Toliboyev, A. Sirgaboyev, S. Sabetov, A. Movlonboyev, A. Xalxamanov, J. Murodboyev, J. Arizov, A. Jarilqosimov birinchi o‘rinni egalladi.

 

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA