bugungi videoselektor yig‘ilishida qishloqdagi yoshlarga ajratilgan yerlarni o‘zlashtirish, agrotexnik tadbirlarni o‘tkazish va ularni yerdan daromad olishga o‘rgatish hokimlar, sektor va klaster rahbarlari zimmasiga yuklatildi.

Prezidentimiz yoshlarni yerdan daromadga kirishgacha bo‘lgan davrda
“ustoz – shogird” tizimini joriy qilib, fermer, klaster hamda sektor rahbarlari yoshlarga amaliy yordam ko‘rsatishi zarurligini ta’kidladi.

Ushbu ishlarni Bosh vazir o‘rinbosari Sh.G‘aniyev va Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi rais A.Haitov shaxsan nazoratga oladi.

Ayni paytgacha bu borada respublika bo‘yicha 21 ta tumanda 2 mingdan 4,5 ming nafargacha yoshlarga dehqonchilik uchun yer ajratilgan.

Amudaryo va Baliqchida – 4 ming nafardan ziyod, Mingbuloq, Yangiyo‘l, Shahrixonda – 3 mingdan, Do‘stlik, Bekobod, Bog‘ot tumanlarida – 2,5 mingdan ortiq yoshga yer berilgan. Biroq, 20 ta tumanda bu ko‘rsatkich 300 nafarga ham yetmaydi.

Videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.

O‘zA