bugungi videoselektor yig‘ilishida qayd etilishicha, Sergeli tumanida 70 gektar maydonda xususiy investorlar bilan birga, kichik sanoat-servis va savdo zonasi barpo etilmoqda.

Joriy yilda Andijon, Buxoro, Namangan, Farg‘ona va Samarqand viloyatlarida ham infratuzilma mavjud bo‘lgan 20-50 gektardan maydonda bu kabi savdo va sanoat zonalarini qurishni boshlash kerakligi ta’kidlandi.

Bunday zonalarning birinchi qavatida savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlari, yuqori qavatlarida ishlab chiqarish quvvatlari joylashtiriladi.

Videoselektorda Toshkent shahar hokimi J.Ortiqxo‘jayev Sergeli tumanida barpo etilayotgan sanoat-servis va savdo zonasi tajribasi haqida so‘zlab berdi.

Yig‘ilishda tadbirkorlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada kengaytirish masalasi haqida ham so‘z yuritildi.

Pandemiya davrida xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish uchun 1 trillion so‘m ajratilgani hisobidan 20 mingta yangi ish o‘rini yaratilgani qayd etildi.

Yig‘ilishda Markaziy bankka tijorat banklari bilan birga joriy yilda oilaviy tadbirkorlikka ajratilayotgan mablag‘larning kamida 1 trillion so‘mini (15 foiz) xizmat ko‘rsatish sohasidagi yangi loyihalarga yo‘naltirish topshirildi.

Shuningdek, Andijon tajribasi asosida kreditlarning 70 foizini kafolatli ish o‘rni yaratadigan kichik biznes loyihalariga ajratish kerakligi ta’kidlandi.

Yig‘ilishda Eksportni rag‘batlantirish agentligining 1 trillion so‘mi hisobidan banklarga uzoq muddatli resurs ajratib, eksportyorlarga aylanma mablag‘ uchun “revolver” kreditlar berishni boshlash, tadbirkorlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha mexanizmlarini kengaytirish yuzasidan ham ko‘rsatmalar berildi.

O‘zA