Amerikalik yengil atletikachi Rayan Krauzer yopiq inshootda yadro uloqtirish bo‘yicha o‘ttiz bir yil davomida saqlanib turgan jahon rekordini yangiladi.
Olimpiya o‘yinlari chempioni AQSH birinchiligida yadroni 22 metr 82 santimetrga uloqtirib, o‘z vatandoshi Rendi Barnsning 1990 yilda o‘rnatgan jahon rekordini 16 santimetrga yangiladi. E’tiborlisi, Rayan Krauzer bu natijaga birinchi urinishdayoq erishdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
Yengil atletikachi to‘rt yil muqaddam Rio-de-Janeyrodagi Olimpiya o‘yinlarida oltin medal sohibi bo‘lgan. O‘shanda u yadroni 22 metr 52 santimetrga irg‘itib, Olimpiya o‘yinlari rekordini o‘rnatgan edi. Shunisi diqqatga sazovorki, bu rekord ham Olimpiadagacha 28 yildan beri saqlanib turgan.
Rayan Krauzer 2019 yilgi jahon chempionatining kumush medal sovrindori ham hisoblanadi.