Senat Raisi oʻrinbosari saylandi

Senat yalpi majlisida Senat Raisi oʻrinbosari lavozimiga yashirin ovoz berish yoʻli bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi Murat Kamalov saylandi.

Maʼlumot uchun, joriy yilning 2-oktyabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining navbatdan tashqari sakkizinchi sessiyasida yashirin ovoz berish yoʻli bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi lavozimiga Murat Kamalov saylangan edi.

 

N.Nasriyev, OʻzA