Buffon A seriyada tarixiy rekord qayd etdi

Uzoq yillardan buyon dunyoning eng kuchli darvozabonlaridan biri boʻlib kelayotgan Janluidji Buffon “Yuventus”ning “Krotone”ga qarshi oʻtkazgan uchrashuvida maydonga tushib, yuqori divizionda 650 ta uchrashuv oʻtkazgan yagona futbolchiga aylandi va A seriyada tarixiy rekordini oʻrnatdi.

Maʼlumot uchun, Buffon ilk uchrashuvini 1995-yilning noyabr oyida oʻtkazgan. Faoliyati davomida jami 917 oʻyinda maydonga tushib, 766 ta gol oʻtkazib yuborgan. U 410 ta uchrashuvda oʻz darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.

Yana bir qiziqarli maʼlumot, “Yuventus” va “Krotone” uchrashuvida turinliklar tarkibida maydonga tushgan 10 nafar futbolchidan yettitasi Buffon faoliyatini boshlagan paytda hali dunyoga kelmagan edi.

 

O’zA