Oʻzbekiston Bosh vaziri Qirgʻiziston Bosh vazirini tabrikladi

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Sadir Japarov nomiga Qirgʻiz Respublikasi Bosh vaziri etib tayinlangani munosabati bilan tabrik yoʻlladi.
Tabrik maktubida Qirgʻiz Respublikasi Bosh vaziri Sadir Japarovga oʻzaro manfaatli hamkorlikni barcha yoʻnalishlarda kengaytirishiga, shuningdek, mamlakatlarimiz va xalqlarimiz manfaati uchun strategik sheriklikni yana-da mustahkamlashiga umid bildirilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining
Matbuot xizmati

 

O’zA