Jerar Depardye:“Mening oʻzbekcha orzuim!”

“Arno Frilli tomonidan suratga olingan bizning yangi hujjatli filmimiz 2020-yil oktyabr oyida namoyish etiladi! ”Mening oʻzbek orzuim“ – bu Oʻzbekiston haqidagi hujjatli film boʻlib, u chinakamligi, ajoyib manzaralari va meʼmoriy yodgorliklari bilan boy ekanligi bilan oʻziga xosdir,” – deydi fransuz aktyori.
c9cef16e8966f907ba965.jpg
Jerar Depardye tushida Orol dengizini koʻradi. Haqiqatda yashash uchun zarur boʻlgan, ammo gʻoyib boʻlgan dengizni qidirib topadi. Mehmondoʻst Oʻzbekiston zamini boʻylab sayohat qiladi, mahalliy, turli millatli aholi vakillari bilan suhbatlashadi va tabiat, hayot, oʻlim va ilohiyot haqida fikr yuritadi. “Mening oʻzbek orzuim” filmi 2019-yilda Fransiyaning “Parij Premyerasi” (M6) telekanali uchun maxsus suratga olingan.
d4b60f083b380c34c4b0a.jpg
Film joriy yilning 7-oktyabri, chorshanba kuni soat 22:50 da “Parij premyera” kanalida namoyish etiladi.
Ushbu film Arno Frillining yozuvchi-rejissyor sifatida birinchi filmi va televizion translyatsiyasidir.
48c3fe071d37795150731.jpg
“ Arno Frilli ssenariysi va rejissurasi tomonidan yaratilgan yangi hujjatli filmimiz 2020-yil oktyabr oyida namoyish etiladi! ”Mening oʻzbek orzuim“ – bu xaqqoniy, betakror landshaftlar va oʻzbek meʼmorchilik yodgorliklari aks etgan Oʻzbekiston haqidagi hujjatli filmdir.”
Oʻtkazib yubormang!

 

O’zA