Maʼrifatparvar jadidchilik harakati namoyandalarini mukofotlash toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Vatanimiz tarixining gʻoyat murakkab davrida – XX asr boshlarida oʻzining maʼrifatparvarlik faoliyati va fidokorona xizmatlari bilan milliy taʼlim-tarbiya tizimini yaratish hamda yurtimiz istiqloli, xalqimizning ozodligi va erkinligi, kelajak avlodlarning obod va farovon hayotini taʼminlashga qoʻshgan beqiyos hissasini inobatga olib, quyidagilar “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlansin:

Abdulla Avloniy (marhum) – maʼrifatparvar adib, pedagog, jamoat arbobi

Mahmudxoʻja Behbudiy (marhum) – Turkistondagi jadidchilik harakatining asoschilaridan biri, adib, pedagog va olim

Munavvar qori Abdurashidxonov (marhum) – atoqli maʼrifatparvar murabbiy, adib, muharrir va jamoat arbobi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                                Sh.Mirziyoyev

 

O’zA