Burj Xalifa osmonoʻpar binosi Oʻzbekiston bayrogʻi ranglarida gavdalanadi

Burj Xalifa osmonoʻpar binosi bugun Oʻzbekiston bayrogʻi ranglarida gavdalanadi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Mamlakatmizning Birlashgan Arab Amirliklaridagi diplomatik vakolatxonasi maʼlumotiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida joylashgan dunyoning eng baland imorati “Burj Xalifa”da Oʻzbekiston bayrogʻi 2020-yil 1-sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:45da 1 daqiqa davomida namoyish etiladi.

 

OʻzA