Qoraqalpogʻiston musulmonlari qoziyati tomonidan Orolboʻyidagi bir qator tibbiyot muassasalariga 9 dona kislorod konsentratori topshirildi.
– Koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan bemorlarga yordam koʻrsatish nafaqat tibbiyot xodimlarining, balki barchamizning insoniylik burchimizdir, – deydi Oʻzbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondi Qoraqalpogʻiston Respublikasi filiali rahbari vazifasini vaqtincha bajaruvchi Islombek Tajetdinov.

– Mamlakatimizdagi saxovatpesha homiylar tomonidan amalga oshirilayotgan ushbu xayrli ishga Qoraqalpogʻiston musulmonlari qoziyati ham munosib ulush qoʻshishni maqsad qildi. Jumladan, Orolboʻyi aholisining yurak qon-tomir kasalliklarini sogʻlomlashtirish markaziga 4 dona, S.Sultanov nomidagi respublika ftiziatriya va pulmonologiya markaziga 1 dona, Boʻzatov tumani tibbiyot birlashmasiga 2 dona, Chimboy tumani tibbiyot birlashmasiga 2 dona kislorod konsentratori bepul taqdim etildi.
Dovud ABIBULLAYEV, OʻzA