Valentina Matviyenko bilan telefon orqali muloqot toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisi Valentina Matviyenko bilan telefon orqali muloqot qildi.
Rossiya parlamentining yuqori palatasi yetakchisi davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy tabrikladi.
Suhbat chogʻida mamlakatlarimiz strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashga xizmat qilayotgan parlamentlararo aloqalar va almashinuvlar ancha faollashgani qayd etildi.

 

O’zA