Qozogʻistonning Birinchi Prezidenti bilan telefon orqali muloqot boʻlib oʻtdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozogʻiston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev telefon orqali muloqot qildilar.
Nursulton Nazarboyev davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy tabrikladi.
Suhbat chogʻida Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yana-da mustahkamlash masalalari koʻrib chiqildi.

 

O’zA