Boʻsh turgan binolardan unumli foydalanish siyosati samarasi

Davlatimiz rahbari bugunning oʻzida Olmazor tumanidagi “ARDENT FOODS” masʼuliyati cheklangan jamiyat korxonasida boʻldi.

Bu shirkat boʻsh turgan binolar negizida yangi subyektlar tashkil etish va ish oʻrinlari yaratishga qaratilgan siyosat samarasi.

Loyiha qiymati 77 milliard soʻmdan ziyod boʻlgan korxona ikkita liniyadan iborat. Birida yigirmaga yaqin qandolat mahsulotlari, ikkinchisida tez pishadigan ovqat ingrediyentlari ishlab chiqarilmoqda. 150 kishi ish bilan taʼminlangan.

Hozirda mahsulot Tojikiston va Afgʻonistonga eksport qilinadi. Yangi eksport bozorlarini ochib, joriy yil yakunida eksport hajmini 45 ming dollarga yetkazish rejalashtirilgan.

Mahsulotlar turini koʻpaytirib, qoʻshimcha ish oʻrinlari yaratish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

 

O’zA