Boʻzatov tumanida tikuvchilik fabrikasi ish boshladi

Qoraqalpogʻistonning Boʻzatov tumanida “Bozataw tekstil” tikuvchilik fabrikasi karantin tartib-qoidalariga qatʼiy amal qilgan holda faoliyatini boshladi.

Korxona 350 oʻringa moʻljallangan. Hozirda 60 nafar tikuvchilar bilan shartnoma qilinib, bolalar va xotin-qizlar uchun yoz mavsumi kiyimlarini tikish ishlari yoʻlga qoʻyilgan.– Korxonaga tikuv uskunalari Xitoy davlatidan olib kelindi. Ishchilarni mahalliy fuqarolar orasidan olganmiz. Tikuvchi xotin-qizlar dastlab maxsus oʻquv kurslarini oʻtadi, – deydi korxona rahbari Sharof Yakubov. – Keyinchalik yana tikuv mashinalari kelishi bilan ishchilar sonini yana-da koʻpaytiramiz.

Mazkur tikuv fabrikasi tumandagi eng yirik korxona hisoblanadi. Hozirda korxona mahsulotlari ichki bozorda sotilmoqda.

 

E.Qanoatov, OʻzA