Xorazmda karantin qoidalarini taʼminlash bilan bogʻliq chora-tadbirlar yana-da kuchaytirildi

Xorazm viloyati IIB shaxsiy tarkibi tomonidan karantin qoidalarini taʼminlash, fuqarolar oʻrtasida targʻibot-tashviqot ishlarini olib borish bilan bogʻliq chora-tadbirlar yana-da kuchaytirildi. Bu haqida Ichki ishlar vazirligi rasmiy saytida maʼlum qilindi.
Xabarda qayd etilishicha, viloyat IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi tarkibidagi xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektorlar va hududiy profilaktika inspektorlari oʻzaro hamkorlikda shahar va tumanlardagi bozorlar, savdo shoxobchalari va dorixonalarda hamda aholiga xizmat koʻrsatuvchi turli tashkilotlarda karantin qoidalariga rioya qilinishi yuzasidan targʻibot-tashviqot ishlarini olib bormoqdalar.
Virusli kasalliklardan himoyalanish tartib-qoidalari yuzasidan qoʻllanma shaklida viloyat IIB Huquqbuzarliklar profilaktika boshqarmasi tashabbusi bilan tayyorlangan bukletlar (kimyoviy ishlov berilgan) ham aholi orasida tarqatilmoqda.

 

O’zA