Raqobat qo‘mitasining “Fair tech” yagona axborot tizimi orqali kelib tushgan xabarlar qo‘mita mas’ul xodimlari tomonidan batafsil o‘rganildi. Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 878 ta ulgurji chakana dorixonalar tomonidan jami 107 773 ta holatda iste’molchilardan 7 mlrd. so‘mdan ortiq pul mablag‘lari ortiqcha olingani aniqlandi. Natijada, belgilangan tartibda iste’molchilarga qaytarish choralari ko‘rildi.
Xususan, 405 ta dorixonalar tomonidan dori vositalariga belgilangan narxlarni oshirib qo‘llash natijasida 58 318 ta holatda jami 2 mlrd. so‘mga yaqin olingan asossiz pul mablag‘lari iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilinib, iste’molchilarning huquqlarini tiklash choralari ko‘rilgan.
Bundan tashqari, dori vositalarining narxlari oshirilishi yuzasidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri fuqarolardan 800 dan ortiq murojaatlar kelib tushgan. Ularni ko‘rib chiqish natijasida 100 mln. so‘mga yaqin pul mablag‘larining iste’molchilarga qaytarilishi ta’minlangan.
N.Rahmonova, O‘zA