Forest Lyu: Yashil Oʻzbekiston – choʻldagi voha

Forest Lyu, Huawei O’zbekiston bosh direktori

Bu yil Oʻzbekistonda AKT sohasi uchun butunlay oʻziga xos yil, chunki Respublika Prezidenti bu yilni “Ilm-maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb eʼlon qildi. Bu yil oldimizga qoʻyilgan vazifalar Huawei kompaniyasining 20 yildan beri Oʻzbekistonda amalga oshirib kelayotgan maqsadlariga juda mos keladi.

Bizning kompaniyamiz har doim axborot infratuzilmasi raqamli tafovutni kamaytirish, aholi turmush darajasini yaxshilash va mamlakatning iqtisodiy oʻsishi uchun asos boʻlib xizmat qiladi va zarur shart-sharoitlarni yaratadi deb hisoblab kelgan. Oʻzbekistonda AKT rivojlanishining hozirgi darajasi va xalqaro bozorda taklif qilinayotgan innovatsion yechimlari va mahsulotlarini hisobga olib qarasak, davlat aholining yashash va mehnat sharoitlarini sezilarli darajada yaxshilashga qodir.

Koʻp yillar davomida zoʻr berib amalga oshirib kelingan ishlardan so’ng, mamlakat hukumati va aholisining AKT sohasini kuchaytirishga va taʼlim darajasini oshirishga eʼtibor qaratishi eng toʻgʻri qarordir. Biz umid qilamizki, belgilangan maqsadlarimiz tomon olg’a yurishda davom etsak, aloqa infratuzilmasi obʼyektlarining qurilishi koʻpayadi, optik tolali tarmoq bilan taʼminlangan hududlar koʻlami oshadi, simsiz tarmoqlar bilan qamrab olish sifati yaxshilanadi, bu esa taʼlim olishda cheksiz imkoniyatlarni yaratadi va mamlakatning iqtisodiy o’sishini taʼminlaydi, shu bilan jamiyat farovonligini va odamlarning hayoti sifatini yaxshilaydi.

Axborot-kommunikatsiya yechimlarining dunyodagi yetakchi provayderi sifatida, Huawei, Prezident va hukumat tomonidan qoʻyilgan maqsadlarga muvofiq, AKT sohasiga investitsiyalar kiritish salmogʻini oshirishda davom etmoqda va Oʻzbekistonda axborotlashtirishni rivojlantirishga oʻz hissasini qoʻshmoqda.

Biz “Oʻzbekistonda, Oʻzbekiston farovonligi uchun” ishlayapmiz va har doim oʻzimizga oʻzbek jamiyatining jadal va barqaror rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash uchun nima qilishimiz kerak deb savol beramiz. Kelajakda jamiyatga nima kerak boʻladi? Bizning xalqaro tajribamiz oʻzbek xalqiga qanday yordam berishi mumkin? Va biz bu savollarga javob berib, uzoq kelajakka nazar tashlamoqchi boʻldik. Quyida bizni ilhomlantirgan ikkita rasm keltirilgan. Chap tomonda Xitoyning Maovusu choʻlining 70 yil oldingi fotosurati. 51 400 kvadrat kilometrlik choʻl 70 yillik uzluksiz parvarishdan soʻng, 4 000 kvadrat kilometrdan kamroq hudud qolgunicha koʻkalamzorlashtirilgan. Aytishlaricha, koʻkalamzorlashtirilmagan hudud aslida choʻllarni boshqarish tajribasidan yodgorlik sifatida qoldirilgan.

1 ракамли.jpg

Barchaga maʼlumki, Oʻzbekiston quruq iqlimga ega, dengizga chiqish yoʻli boʻlmagan mamlakatdir, bu yerda suv resurslari esa har doim butun mamlakat iqtisodiyotiga va koʻpchilik odamlarning turmush darajasiga salbiy taʼsir koʻrsatadigan asosiy muammo boʻlib kelgan. Mashhur Orol dengizining katta qismi qurib qolgan, mahalliy aholi esa salomatlik holati va ichimlik suvidan foydalanish, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jihatdan ham paydo boʻlgan choʻlning oqibatlari va taʼsiri natijasida zarar koʻrmoqda. Mamlakat milliy iqtisodiyoti oʻsishi bilan suv resurslariga boʻlgan ehtiyoj ham, yaxshi va sogʻlom atrof-muhitga boʻlgan ehtiyoj kabi ortib boradi.

Xitoyda tashkil etilgan xalqaro kompaniya sifatida biz 20 yildan beri Oʻzbekistonda oʻz faoliyatimizni amalga oshirib, rivojlanib kelmoqdamiz. Shu yillar davomida biz masʼuliyatli ijtimoiy fuqaro boʻlishga harakat qildik. Kelgusi yigirma yilga nazar tashlar ekan, Huawei Uzbekistan “Green Uzbekistan” tashabbusi ostida Oʻzbekistonda suv resurslarini boshqarish sohasini rivojlantirishda va qurgʻoqchilik hududlardagi aholining barqaror farovonligi uchun zarur shart-sharoitlar yaratishda oʻz hissasini qoʻshishni maqsad qilmoqda. Biz Orol dengizini koʻkalamzorlashtirish boʻyicha UNDP Uzbekistan loyihasini mamnuniyat bilan qoʻllab-quvvatladik va birinchilardan boʻlib homiy sifatida tashkilotchilar safiga qoʻshildik. Loyihani qoʻllab-quvvatlash boʻyicha maxsus fond ochish bilan, UNDP Uzbekistan avvalgi dengiz hududiga saksovul ekishni va shu bilan mintaqaga biologik xilma-xillikni qaytarishni va aholi hayotini yaxshilashni rejalashtirmoqda.

2 Ракамли.jpg

Bugun tabiatni qoʻllab-quvvatlashga va “Green Uzbekistan” tashabbusini amalga oshirishga oʻz hissamizni qoʻshish bilan biz, oʻzimiz chin dildan istaganimizdek, kelgusida koʻp yillar davomida mamlakatning barqaror rivojlanishini taʼminlaymiz. Biz barchani loyihaning bir qismi boʻlishga va mintaqaga yordam berishga chaqiramiz.

Tech4All xalqaro kampaniyasi.

Huawei kompaniyasi faoliyati tabiatni saqlash va atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan notijorat tashkilotlar bilan bir qator qoʻshma loyihalarni amalga oshirmoqda. Bu loyihalardan biri Rainforest Connection bilan hamkorlikda bajarilmoqda. Bunda oldin ishlatilgan Huawei smartfonlari quyosh panellari bilan birga daraxtlarga oʻrnatilmoqda va ular orqali sunʼiy intellektga asoslangan bulutli dastur yordamida mutaxassislar real vaqt tartibida oʻrmondagi tovushlarni kuzatib borishmoqda va bu oʻrmonlarni noqonuniy kesishlaridan himoya qilishga va u yerdagi jonivorlarning holatini kuzatib borishga imkon yaratmoqda. Bu – texnologiyalarning tabiat inʼom etgan xazinalarni saqlashda qanday yordam berishi mumkinligiga yana bir misoldir.

Reklama huquqi aosida

 

O’zA