Ko‘rgazma O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, “SSP-Expocontact” mas’uliyati cheklangan jamiyati va Xitoyning xalqaro savdoni rivojlantirish kengashi hamkorligida tashkil etildi.

Bunday xalqaro tadbirlar kichik biznes subyektlariga dunyo bozoriga chiqishga, xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga ko‘maklashadi hamda yurtimizda yaratilgan qulay ishbilarmonlik muhiti tufayli mahalliy tadbirkorlar va chet ellik sarmoyadorlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

An’anaviy xalqaro ko‘rgazmada O‘zbekiston va Xitoyning qurilish materiallari, kimyo, oziq-ovqat, to‘qimachilik, tibbiyot mahsulotlari, qishloq xo‘jaligi texnologiyalarini ishlab chiqarish, muqobil energiya manbalari, logistika va konsaltingni joriy etish bilan shug‘ullanadigan 40 dan ziyod korxonasi o‘z mahsulotlari va xizmatlarini namoyish etmoqda.

Ko‘rgazma doirasida davra suhbatlari, turli kompaniyalarning taqdimotlari va mahorat saboqlari o‘tkazilmoqda.

 

Behzod Bozorov, O‘zA