Oʻzbekiston Xitoy Xalq Respubliksining yangi turdagi koronavirus (nCoV-2019)ga qarshi kurashish va uni bartaraf etish yoʻlidagi saʼy-harakatlarini yuqori baholaydi.
Xavfli ofatni yengish yoʻlidagi bunday saʼy-harakatlarni qoʻllab-quvvatlash va unga koʻmaklashish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyeyov 12-fevral kuni Xitoy Xalq Respublikasiga insonparvarlik yordamini yuborish toʻgʻrisidagi farmoyishga imzo chekdi.
Gumanitar yuk tarkibida tibbiy yoʻnalishdagi eng zarur mahsulotlar – sterillangan bir martalik qoʻlqoplar, himoya kombinezonlari, yuz uchun filtrlash niqoblari va boshqa mahsulotlar mavjud.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi ushbu gumanitar yordamni shakllantirish va manzilga yetkazish boʻyicha masʼul etib belgilangan.
Ayni payt mamlakatda insonparvarlik yordamining ikkinchi bosqichini shakllantirish ham boshlangan. Shu munosabat bilan respublikamizdagi toʻqimachilik korxonalarida Xitoyga joʻnatish uchun tibbiyot niqoblari va himoya kiyimlari tayyorlanmoqda.