Oʻzbekiston va Qirgʻiziston Prezidentlari telefon orqali muloqot qildilar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16-noyabr kuni Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan telefon orqali muloqot qildi. 
Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Sooronbay Jeenbekovni tugʻilgan kuni bilan samimiy muborakbod etib, unga mustahkam sogʻlik, baxt-saodat va muvaffaqiyat tiladi.
Qirgʻiziston Prezidenti mamlakatlarimiz oʻrtasidagi doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga qoʻshgan shaxsiy hissasi katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
Davlat rahbarlari Oʻzbekiston-Qirgʻiziston amaliy hamkorligini yanada kengaytirishning dolzarb jihatlarini muhokama qildilar, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashdilar.
Shuningdek, boʻlajak oliy darajadagi uchrashuvlar rejasi koʻrib chiqildi.

 

OʻzА