Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridan Samarqandga uchgan “Boeing – 737” samolyoti Moskvaning Vnukovo aeroportiga favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi.

“RIA Novosti” xabariga ko‘ra, bunga uchoqning stabilizatori nosozligi sabab bo‘lgan. Samolyot bortida 173 nafar yo‘lovchi borligi aytilmoqda.

Qayd qilinishicha, samolyot “UTair” kompaniyasiga tegishli va favqulodda qo‘nish chog‘ida hech kim jabrlanmagan.

Mazkur holat yuzasidan RF Ural transport prokuraturasi tergov boshladi.

M.Pirmatova, O‘zA