“Oʻzgidromet” markazi xodimlarining maʼlumotlariga koʻra, iyulning iikinchi oʻn kunligidan Oʻzbekistonda juda issiq ob-havo saqlanib turar ekan. Bu kunlarda harorat 39-42 darajagacha, janubida va choʻl zonalarida 44-45 darajagacha koʻtariladi.
Respublikaning ayrim hududlarida yozning shu kunlari uchun absolyut harorat maksimumi qayd etildi. Yaʼni hafta davomida mamlakatimiz hududlarida jazirama issiq saqlanib turadi.
Havo harorati kunduzlari 40-43 darajagacha, janubda va choʻl zonalarida 44-45 darajagacha qiziydi. Bu oʻrtacha koʻp yillik koʻrsatkichlardan 5-7 darajaga yuqoridir.
Bu yilgi iyul oyi Oʻzbekiston meteorologik kuzatuvlar tarixi davomida eng issiq iyul ekanligi maʼlum boʻlib bormoqda. Hafta davomida Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida garmsel kuzatiladi.
Shuningdek, havo harorati yuqoriligi fonida yurtimizning togʻ oldi tumanlarida muzliklar erishi natijasida Tojikiston va Qirgʻiziston hududidan sel toshqinlari kelishi mumkin.
OʻzA