Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus tumani «Samanboy» ovul fuqarolar yig‘ini hududida yangi bunyod etilgan 4-umumta’lim maktabi joriy o‘quv yili boshida foydalanishga topshirildi.
200 ga yaqin o‘quvchini bag‘riga olgan muassasada zamonaviy sharoitlar yaratilgan. Sinfxonalar, laboratoriya, komputer xonalari zarur o‘quv jihozlari va ko‘rgazmali qurollar bilan ta’minlangan. Fan va sport yo‘nalishidagi 20 dan ziyod to‘garakda o‘quvchilar darsdan tashqari bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazmoqda.
Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA