2017-yilning 7-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Amerika Qo‘shma Shtatlarining Favqulodda va Muxtor Elchisi Pamela Leora Spratlenni qabul qildi.


Bo’lib o‘tgan suhbat chog‘ida AQSh Milliy xavfsizlik kengashining Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari bo‘yicha katta direktori Liza Kurtis boshchiligidagi delegatsiyaning Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik” muvzuidagi xalqaro konferensiyada ishtirokiga doir amaliy masalalar muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida ikki tomon kun tartibidagi boshqa dolzarb masalalar ham ko‘rib chiqildi.