Kecha dunyoda nimalar roʻy berdi?

Hindiston. Bangalorda “Aero India-2019” xalqaro aerokosmik koʻrgazmasi davom etmoqda. Koʻrgazmada sohada faoliyat yuritadigan 400 ga yaqin kompaniyalar ishtirok etmoqda. 21 fevral kuni ish boshlagan koʻrgazma 24 fevral kuni yakunlanadi.
AQSH. Los-Anjelesda yarim asr mobaynida ilk bor qor yogʻdi.
Turkiya. 13 fevral kuni boshlangan 15 davlat harbiylari ishtirokida “Qish-2019” xalqaro harbiy mashgʻulotlari doirasida “Ochiq eshiklar kuni” boʻlib oʻtdi.
Venesuela. Mahalliy vaqt bilan soat 20:00 da mamlakatning Braziliya bilan chegara hududi yopildi.
AQSH. Mamlakat Prezidenti Donald Tramp bilan Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdoʻgʻon oʻrtasida Suriya masalasida telefon muloqoti boʻlib oʻtdi.
Peru. 5,2 magnitudagi yer silkinishi yuz berdi.
Yaponiya. Xokkaydo orolida yuz bergan 5,7 magnitudagi yer silkinishi oqibatida 3 kishi jarohatlandi.

 

Zuhra Mirzaboyeva, OʻzA