Amerikalik taniqli prodyuser Oʻzbekistonda

Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutida rejissyor va mohir prodyuser Daniel Tutt bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. 
 
photo5334653293974104621 (1).jpg
Bu yerda amerikalik rejissyor yoshlarning ijod namunalari, ular uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
– Amerikaning “Unity Productions Foundation” nodavlat fondi mamlakatingizdagi ijtimoiy-madaniy muassasalar bilan hamkorlikda islom dini va uning tarixiga oid qisqa metrajli filmni suratga olish niyatida, – deydi Daniel Tutt. – Oʻzbekistonga kelishimdan asosiy maqsad mazkur film uchun materiallar toʻplashdir. Institutdagi yoshlarning animatsiya va operatorlikdagi mahorati menda katta taassurot qoldirdi. Ular bilan kelgusida, albatta, birga ishlaymiz, degan umiddaman.
Amerikaning “Unity Productions Foundation” nodavlat fondi suratga olgan kino kartinalar shu kunga qadar koʻplab xalqaro sovrinlarni qoʻlga kiritgan.

 

A.Musayev, OʻzA