Nukusda ikkita oliy oʻquv yurtining filiallari ochildi

Nukus shahrida 11 yanvar kuni Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda Samarqand veterinariya meditsinasi institutining Nukus filiallari ochilib, ularda yangi oʻquv yili boshlandi. Shuning bilan hududda oliy oʻquv yurtlari soni 8 taga yetdi.
– Ushbu filiallarning ochilishi xalqimiz, yoshlarimiz uchun ajoyib sovgʻa boʻldi, – deydi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi qoʻmita raisi Dovutbay Qurbaniyazov. – Prezidentimiz tomonidan oliy taʼlim sohasini rivojlantirishga qaratilayotgan keng qamrovli islohotlar Qoraqalpogʻistonda ham oʻz samarasini bermoqda. Yangi filiallarda talaba-yoshlarning har tomonlama teran bilim olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
7.JPG
Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialiga badiiy gimnastika, dzyudo, basketbol, voleybol, eshkak eshish, erkin kurash, maktabgacha va boshlangʻich taʼlimda jismoniy tarbiya va sport sohalari boʻyicha 50 nafar, Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Nukus filialiga veterinariya meditsinasi (qora mollar kasalliklari), zooinjeneriya (yilqichilik va tuyachilik), zooinjeneriya (baliqchilik) sohasi boʻyicha 30 nafar talaba qabul qilindi.
Muassasalarda oʻquv, laboratoriya, zamonaviy kompyuter xonalari, axborot-resurs markazlari mavjud boʻlib, ular zarur adabiyotlar, sport inventarlari bilan taʼminlangan. Filiallar faoliyatini yanada takomillashtirish, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadida mamlakatimizdagi, shuningdek, qator xorijiy mamlakatlardagi nufuzli oliy oʻquv yurtlari hamda ilmiy-tadqiqot institutlari bilan yaqindan aloqalar oʻrnatish boʻyicha ishlar olib borilmoqda.
8.JPG
12.JPG
13.JPG
14.JPG
19.JPG
Yesimxon Qanoatov, Maqsad Habibullayev (surat), OʻzA