Mehmonlar chodirlardan bunyod etiluvchi shaharchaga joylashtiriladi

Tel-Aviv meriyasi “Yevrovideniye-2019” xalqaro tanlovi mehmonlarini chodirlardan bunyod etiluvchi shaharchaga joylashtiradi. Shahar rahbari maslahatchisi Ilan Mixaelining maʼlum qilishicha, hozir bu shaharchani qurishga tender eʼlon qilingan.
Chodirlar shaharchasida barcha sharoit yaratiladi, tartib uchun milliy xavfsizlik hamda mahalliy qoʻriqlash xizmati masʼul boʻladi. RIA Novosti xabariga koʻra, “Yevrovideniya”dan soʻng shaharchada boshqa tadbirlar oʻtkaziladi. Maʼlumot uchun, Isroilda boʻluvchi “Yevrovideniye-2019” tanlovi shu yilning 14-18 may kunlariga belgilangan.

 

OʻzA