“Selfi“ fojia bilan tugadi

Irlandiya gʻarbidagi Kler grafligi Moxer qoyalarida “selfi“ bilan bogʻliq baxtsiz hodisa sodir boʻldi, deyiladi “Sky news“ telekanali xabarida.
Maʼlum boʻlishicha, qoyalarda selfiga tushayotgan asli hindistonlik boʻlgan talaba jarlikka qulab tushgan.
Moxer qoyalarining balandligi 120-214 metr atrofida. Politsiya voqeani fojiali hodisa sifatida tekshirmoqda.

 

OʻzA