“Atlantis” – meʼmorchiligi boʻyicha tengi yoʻq qasr

Muxbirlarmiizning safar taassurotlari bilan tanishtirishda davom etamiz. Shu rukndagi ikkinchi maqolamiz Xaynan orolidagi “Atlantis” – “Atlantik” mehmonxonasi haqida.
photo5253815987919235482.jpg
Avval xabar berganimizdek, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (OʻzA) jurnalistlari Xitoyda oʻtgan OAVning xalqaro Forumida ishtirok etib qaytishdi. Muxbirlarmiizning safar taassurotlari bilan tanishtirishda davom etamiz. Joriy yilning 21 dekabr kuni “Anʼanaviy Xitoy meditsinasi” sarlavhali maqola bilan tanishgan edingiz. Shu rukndagi ikkinchi maqolamiz Xaynan orolidagi “Atlantis” – “Atlantik” mehmonxonasi haqida.
Oʻnbir oy, qariyb bir yil deng, tinimsiz mehnat qilib, jismonan charchab, maʼnan toliqib, xotira ham biroz xiralashib, asablar taranglashgan, xayollaringiz esa parishon boʻla boshlagan paytlarda, qani endi, bir mazza qilib dam oladigan joy boʻlsayu, shu yerda rohat qilib hordiq chiqarib, iloji boʻlsa davolanib ham, poygada chopishga shay turgan tulpordek yana ishimga, uyimga qaytsam, degan orzu kechadi.
Bilasizmi, menda bu xayollar, biz bir guruh jurnalistlarni Xitoyning Xaynan orolida oʻtgan Ommaviy axborot vositalari vakillarining xalqaro Forumi qatnashchilarini dengiz qirgʻogʻida qad koʻtargan Atlantis Sanya sanatoriy-kurort majmuasini tomosha qilgani olib borishganida paydo boʻlgan edi.
Yetti yulduzli “Atlantik” kurort majmuasida dam oluvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishgan, bu yerdagi koʻplab va turli-tuman dam olish va zamonaviy hordiq chiqarish uchun maxsus barpo etilgan, alohida jihozlangan joylarni, dasturlarni bir marta boʻlsa ham oʻz koʻzi bilan koʻrgan odam bunday jannatmonand oromgohining ishqibozi boʻlmay qolmaydi.
“Atlantik” kurort majmuasi, “mehmonxona”, “yotoqxona” deb ham yuritiladi, shunday deb yozayapmanu, shu zahoti oʻzimni oʻzim inkor eta boshlayman. Axir bu mehmonxona emas, bu Janubiy Xitoy dengizi sohilida koʻkka qarab boʻy choʻzgan 55 qavatli ichki va xorijiy turistlaru sayyohlar, mehnat taʼtiliga chiqib dam olishga kelgan ishchi-mehnatchilar uchun qurilgan, xayoliy jannatning yerdagi aksi, meʼmorchiligi boʻyicha ham tengi yoʻq qasr edi, desa boʻladi.
photo5253815987919235484.jpg
Mehmonxona uning maydoni 540 ming kvadrat metr boʻlib, dengiz boʻyidagi unga tegishli bogʻlar, ariqlardagi suvlar, sunʼiy toʻlqinli basseynlar, ajoyib gʻaroyib attarksionlari, ularda dam olib xordiq chiqarayotgan sayyohlar chogʻroq bir shaharcha maydonini egallagan. Shundan yarmidan sal kichikroq joyida, 200 ming kvadrat metrlik maydonda delfinariy ishlab turibdi.
Aytgandek, dunyoning dengiz, okean boʻyida qurilgan qaysi bir sanatoriy- kurortiga bormang derazalari dengiz tomonga qaragan tomonining narhi ham qimmatroq, xaridori ham koʻproq boʻladi va odatda bunday xonalar koʻp xollarda yetishmaydi. Bundan tashqari, odatda binolarning bir tomoni quyosh chiqar tomonga qaragan boʻlsa, ikkinchi tomonidagi balkon, ayvon, derazalari quyosh botadigan tomonda boʻladi. “Atlantik” mehmonxonasi buning butunlay teskarisi. Binoning loyihachi meʼmor, quruvchi, arxitektorlari muammoning shunday yechimini topgan-ki, dengizda suzib ketayotgan yelkanli kema shaklida qad koʻtargan 64 qavatli bu mehmonxona binosining barcha 1 ming 314 xonalari derazalari dengizga qaratib joylashtirilgan. Ulardan 154 ta xonasi eng nufuzli, boy-badavlat mehmonlar uchun yuksak did bilan qimmatbaho rangli tosh va marmarlar bilan jihozlangan. Havas bilan, kechirasizku hatto hasadga yaqin bir hissiyot, behad sinchkovlik bilan qarayman. “Yalqovlar shahri” deyman ichimda va yoʻq-yoʻq, axir bir yil ter toʻkib 10-15 kunga dam olishga kelgan ishchi-mehnatkashlarning bunday deyish notoʻgʻri, bu halol ishchi-xizmatchilarning izzat-nafsiga tegib ketadi, nohaqman deyman oʻzimga oʻzim. Bu yerda hamma narsa muhayyo, hech narsa qilishingiz kerak emas. Sizga yaratiladigan barcha qulayliklar toʻlaligicha mehmonxona mulozimlari tomonidan bajariladi. Ertalab turib nonushtaga chiqib kelganingizga qadar xonalaringiz chinnidek toza. Billur vazada xitoyning anbar hid taratuvchi chiroyli gullari yarqirab ochilib turibdi. Tozalab qoʻyilgan kokos mevasi… Shundoqqina chinniga qayiltirib uning tanga rohat bagʻishlovchi tabiiy sharbatini maza qilib ichasiz. Stolda vazada toza qilib yuvib qoʻyilgan subtropik hoʻl meva.
Orolda biron joyga borib kelaman desangiz pastda mashinalar (1 ming 200 mashinaga moʻljallangan garaj), dengizga chiqaman desangiz katta sayr kemasi, motorli qayiqlar, istasangiz, yaxta ham sizning ixtiyoringizga xoziru nozir. Vay-fayi bor. Qoʻlingizdagi telefon orqali dunyoning istagan joyi bilan, ayniqsa Toshkentdagi uyingiz bilan shu zahoti ulanishingiz mumkin. Aytgandek, bu endi yangilik boʻlmay qoldi.
Bu yerda sizning hatto dengizga chiqishingiz ham shart emas. Badanni yayratadigan dengizning shifobaxsh tuzli suvi bilan toʻldirilgan basseynlar. Basseyinlar atrofidagi oppoq mayin qumlar uzra soyabonlar quyosh nurlaridan asraydi. Dengizu ummonlarning barcha jonivorlari: qoʻrqinchli yirtqich akulalaridan, suvda suzar bahaybat toshbaqalaridan tortib, dengiz dunyosining ajoyib-gʻaroyib baliqlarning qizil, sariq, zangori, qariyb barcha rangdagisi va turlari mehmonlar shaharchasining uchinchi qavatiga qadar koʻtarilgan ulkan akvariumda suzib yuribdi. Suvning ichida baliqlar orasida gʻavvoslar kiyimida odam ham suzib, bir metrdan qalinroq keladigan akvarium shisha devorlarini tozalab artayapti. Qiladigan ishingiz faqat oʻtirib tomosho qilish. Mazzali taomlar istʼmol qilib, dam olish, xordiq chiqarish. Bunday moʻjizani yaratgan unga yetarli mablagʻ ajratib, qurdirgan tashabbuskor egasiga, loyihalarini chizgan olimu mutahassislarga, rejani amalga oshirgan ishchi-mehnatchilarga tahsinlar aytmay ilojimiz yoʻq. Mehmonxona oʻtgan 2017 yili ishga tushirildi.
photo5253815987919235485.jpg
Xaynan Xitoyda yangi naʼmunali tropik kurort zonasi boʻlganligi sababli bu yerga dunyoning oʻnlab mamlakatlaridan kelayotgan mehmonlarning keti uzilmaydi. Kimdir kun koʻrmagan oppoq yuzu, bilaklari bilan endi kirib kelayapgan boʻlsa, kimdir janub quyoshida toblanib, dengiz suvida mazza qilib choʻmilib bardam-baquvvat boʻlib uyiga joʻnab ketmoqda. Hozir Xitoyning Xanan orolidagi Sheraton, Hilton, Holiday Inn, The Ritz-Carlton, Kempinski va boshqa nisbatan arzonroq boʻlgan mehmonxonalar ham bu yerga dam olish va davolanish uchun kelgan ming-minglab sayyohlarga xizmat koʻrsatmoqda. Biz tomosha qilgan yetti yulduzli “Atlantik” mehmonxonasi, aytishlari boʻyicha hozir jahonda ikkita boʻlgan shunday mehmonxonaning bittasi ekan. Biri Dubayda Birlashgan Arab Amirliklarida boʻlsa ikkinchisi tropik tabiatli va biz hikoya qilayotgan Xaynan orolida. Dunyoning eng goʻzal manzarali joy deb hisoblanadigan Gavayya orolidagi uchinchisi u yerdagi vulqon harakatlari bezovta qilayotganligi sababli hozir ishlamas ekan.
Yelkan shaklida, 170 metr osmonga qarab boʻy choʻzgan bahaybat mehmonxonaning bosh binosi gʻalati geometrik koʻrinishga ega. Dam olayotganlarga bu yerda yer yuzidagi barcha xizmat turlari koʻrsatiladi. Mehmonxona ichidagi bir dengiz suvi sigʻadigan katta akvariumda Janubiy Xitoy dengizida bor boʻlgan mavjudodlarning barchasidan naʼmunalar: akula, toshbaqa, ilon baliq, qoʻyingki, quruqlikda tugʻilib, asosiy umrini quruqlikda oʻtkazadigan inson bilmaydigan dengiz va ummon hayvonlari-yu mavjudodlari suzib yuribdi.
photo5253815987919235483.jpg
Xonalarning nafaqat dengizga chiqadigan oynalari, balki mehmonxona ichida ham akvariumga qaraydigan balkoni mavjud boʻlib, deraza pardasini ochishingiz bilan oʻzingizni goʻyo akvarium ichidagi dengiz mavjudodlari bilan birga suzib yurgandek his qilasiz. Oilasi bilan dam olishga kelganlar uchun ikki-uchta xonali, bolalarga ham alohida yotoqxonasi boʻlgan nomerlari bor.
Ish bilan, doʻstona tashrif bilan kelgan yuqori lavozimdagi mehmonlar uchun alohida shohona apartamentlar, maxsus qabul xonalari, tor doirada muzokaralar oʻtkazadigan zallari ham mavjud.
Mehmonxonadagi SPA-sentr markazida xordiq chiqarish, dardingizni olish, sogʻlomlashtirish, hatto yoshartirish boʻyicha ham hech qayerda boʻlmagan maxsus dasturlar asosida muolajalar koʻrsatiladi. Moʻjizaviy natijalar berayotgan anʼanaviy va zamonaviy xitoy meditsinasi tajribasi qonun-qoidalari boʻyicha davolashadi.
Keyingi maqolamiz “Turizm. Oʻzbekiston – Xitoy” nomida eʼlon qilinadi. Saytimizni kuzatishda davom eting!

 

I.Abduxoliqov, OʻzA