Professional bokschimiz 16-jangini oʻtkazadi

Yengilmas professional bokschimiz Shohjahon Ergashev Rossiyaning Krasnodar shahrida oʻzining 16-jangini oʻtkazadi.

U mazkur jangda argentinalik Nazareno Gaston Ruiz bilan bahslashishi haqida xabar bergan edik. Ushbu jang oldidan ikki bokschi oʻrtasida vazn oʻlchash marosimi oʻtkazildi.

Unga koʻra, Shohjahon 64,5 kg. tosh bosgan boʻlsa, tarozi Nazarenoning vaznini 66 kg.. koʻrsatdi.

Eslatib oʻtamiz, ertaga Rossiyaning “Boks TV“ kanalida Toshkent vaqti bilan 20:45 dan boshlab Shohjahon Ergashev va Nazareno Gaston Ruiz jangi jonli efirda koʻrsatiladi.

photo5231280320286927562.jpg

 

Javohir Toshxoʻjayev, OʻzA