Bogʻcha yangi qiyofada

Nukus shahridagi 5-maktabgacha taʼlim muassasi shu yil “Obod mahalla” Davlat dasturi asosida qayta taʼmirlandi. Umumiy qiymati 597 million soʻmlik qurilish ishlari “Grand kapital Nukus” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan amalga oshirildi.

Muassasa tomi, issiqliq va ichimlik suvi liniyalarini yangilash, ichki va tashqi pardozlash hamda atrofni obodonlashtirish ishlari bajarildi. Yangi jihozlar bilan taʼminlandi.

–Davlatimiz tomonidan maktabgacha taʼlim sohasini takomillashtirishga katta eʼtibor qaratilmoqda. Masalan, muassasamiz qisqa fursatda qayta taʼmirlanib, zamonaviy va koʻrkam maskanga aylandi. Albatta, bundan ota-onalar ham juda mamnun, – deydi bogʻcha psixologi Muhabbat Inayeva.

Ayni paytda bu yerda 152 nafar bola tarbiyalanmoqda.

8.JPG

10.JPG
14.JPG

 

Maqsad Habibullayev (surat), OʻzA