2019/2020 oʻquv yilidan boshlab baʼzi ixtisoslik yoʻnalishlari boʻyicha oliy taʼlim muassasalariga bakalavrlar tayyorlash yuzasidan qabul kvotalari kamida 2 barobar oshiriladi.
Davlatimiz rahbarining 2018-yil 20-noyabrdagi “Issiqxona komplekslarini rivojlantirish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Mazkur qarorda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab “Issiqxona xoʻjaliklarini tashkil etish va yuritish”, “Agrokimyo va agrotuproqshunoslik”, “Oʻsimliklarni himoya qilish” ixtisoslik yoʻnalishlari boʻyicha oliy taʼlim muassasalariga bakalavrlar tayyorlash yuzasidan qabul kvotalarini kamida 2 barobar oshirish toʻgʻrisida takliflar kiritish vazifasi topshirildi.