Goʻzal Ismatova chorak finalga chiqdi

Hindistonning Nyu-Deli shahrida boks boʻyicha ayollar oʻrtasidagi XI jahon chempionati oʻtkazilmoqda. 

 

Xalqaro havaskor bokschilar uyushmasi (AIBA) tomonidan “IG Indoor Stadium” sport saroyida oʻtayotgan chempionatda jahonning 60 ga yaqin mamlakatidan 300 nafardan ziyod bokschi qiz gʻoliblik uchun oʻzaro raqobatlashmoqda.

Mazkur jahon chempionatida Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi aʼzosi, vazni 81 kilogrammdan yuqori boʻlgan Goʻzal Ismatova chorak finalga chiqdi.

Goʻzal ushbu bosqichga chiqish uchun vengriyalik Adriyenn Juxaszga qarshi ringga koʻtarilib, ikkinchi raundda raqibini nokautga uchratdi.

Afsuski, musobaqaning 1/8 final bosqichida vakiilarimizdan Shahnoza Yunusova kanadalik Mariyam da Silvaga, Tursunoy Rahimova bolgariyalik Stoyaka Petrovaga, Gulasal Sultonaliyeva koreyalik Baik Cho Rongga imkoniyatni boy berib qoʻydi.

Eslatib oʻtamiz, jahon chempionati 24 noyabr kuniga qadar davom etadi.

 

Javohir Toshxoʻjayev, OʻzA