Bu esa oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 2,3 martaga koʻpdir.
Davlat statistika qoʻmitasi Ijtimoiy soha va barqaror rivojlanish statistikasi boshqarmasi 2018 yil yanvar-sentyabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasiga kelgan va ketgan shaxslar sonini maʼlum qildi.
Hisobot davrida Oʻzbekiston Respublikasiga 4666,5 ming nafar chet el fuqarolari davolanish, qarindoshlarni yoʻqlash, sayyohlik, ish, oʻqish, xizmat yuzasidan va boshqa maqsadlarda kelgan. Shulardan 52,1 foizi erkaklar, 47,9 foizi ayollardir. Bu esa oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 2,3 martaga koʻpdir.
Chet elga 10812,0 ming nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari davolanish, qarindoshlarni yoʻqlash, sayyohlik, ish, oʻqish, xizmat yuzasidan va boshqa maqsadlarda ketgan. Shulardan 58,9 foizi erkaklar, 41,1 foizi ayollardir. Bu esa oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 2,1 martaga koʻp.
Oʻzbekistonga kelgan chet el fuqarolari orasida Qozogʻiston Respublikasi 40,2 foiz bilan asosiy oʻrinni egallaydi. Keyingi oʻrinlarda Tojikiston (24,8 foiz), Qirgʻiziston (16,7 foiz), Rossiya (7,4 foiz), uzoq xorijiy davlatlardan esa Turkiya (1,1 foiz), Xitoy (0,6 foiz), Janubiy Koreya (0,5 foiz), Hindiston, Germaniya, Yaponiya (0,3 foiz)dan.
Chet elga ketgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining 53,4 foiz Qozogʻiston Respublikasiga, 22,2 foiz Qirgʻiziston Respublikasiga, 11,6 foiz Tojikiston Respublikasiga, 8,2 foizi Rossiyaga tashrif buyurgan. Uzoq xorijiy davlatlardan esa 1,3 foiz Turkiyaga, 0,6 foiz Janubiy Koreyaga, 0,3 foiz BAAga, 0,2 foizdan Xitoy, Germaniya, Yaponiyaga tashrif buyurgan.
Oʻzbekistonga kelgan chet el fuqarolarining asosiy safar maqsadi qarindoshlarni yoʻqlash – 74,2 foiz (3461,9 ming kishi). Keyingi oʻrinlarda, 7,0 foiz (327,2 ming kishi) – sayyohlik, 0,9 foiz (41,1 ming kishi) – xizmat yuzasidan, 0,6 foiz (30,0 ming kishi) – ishlash maqsadida, 0,9 foiz (41,6 ming kishi) – davolanish, 0,2 foiz (7,7 ming kishi) – oʻqish maqsadida.
Shu bilan birga chet elga ketgan oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining asosiy safar maqsadlari qarindoshlarni borib koʻrish (56,6 foiz – 6117,2 ming kishi). Keyingi oʻrinlarda ishlash maqsadida – 31,2 foiz (3375,6 ming kishi), xizmat yuzasidan – 0,8 foiz (84,4 ming kishi), sayyohlik maqsadida – 2,8 foiz (307,7 ming kishi), davolanish maqsadida – 0,4 foiz (46,7 ming kishi), oʻqish maqsadida – 0,3 foiz (37,7 ming kishi).
OʻzA