Qozogʻistonda Xalqaro tennis federatsiyasi – ITF tomonidan oʻsmirlar oʻrtasida “G5“ turkumiga kiruvchi “Aktobe Open“ turniri boʻlib oʻtmoqda.
Musobaqaning ilk bosqichida hamyurtimiz Samandar Abdumalikov qozogʻistonlik Bogdan Izotovni 6:1, 6:2 hisobida magʻlub etgan boʻlsa, Abdurahmon Saidmuhamedov mezbon tennischi Daniyol Darkenni 6:3, 6:4 hisobida yengdi.
Shuningdek, birinchi bosqichda tennischilarimizdan Isfandiyor Mahmudov qozogʻistonlik Oleg Sirovaskini 7:5, 6:3, David Bagrinovski esa yana bir mezbon sportchi Nikita Sidorovni 6:1, 7:6 hisobida magʻlubiyatga uchratdi.
Shu tariqa tennischilarimiz ikkinchi davraga yoʻl oldi.
J.Toshxoʻjayev, OʻzA