Donald Serrone Konor Makgregorni yana jangga chorladi

– Shunchaki, uni kutaman. Men bitta jangchini bilaman, u Konor Makgregordir, – deb yozadi UFC jangchisi Donald oʻzining Instagramdagi sahifasida.
Donald UFCning yarim oʻrta vazn toifasida faoliyat yuritadi. Bungacha u janglarni yengil vaznda oʻtkazgan. Makgregor ham yengil va yarim yengil vaznlarda raqobatlashgan.
Eslatib oʻtamiz, Donald Serrone oxirgi 6 jangdan toʻrttasida magʻlub boʻlgan. Irlandiyalik sportchi esa soʻnggi ikki jangida Floyd Meyvezerga (boks qoidalari boʻyicha jangda) va UFC doirasida Habib Nurmagomedovga imkoniyatni boy bergan.

 

Javohir Toshxoʻjayev, OʻzA muxbiri