Shahram Gʻiyosovning navbatdagi raqibi ma'lum. U 41 jangda g'alaba qozongan

Olimpiya oʻyinlari sovrindori, havaskor boksda jahon chempioni Shahram Gʻiyosov 24 noyabrda professional boksdagi navbatdagi jangini oʻtkazadi. Bu haqida MOQ xabar bermoqda.
Shu kuni hamyurtimizga meksikalik charm qoʻlqop ustasi Migel Zamudio raqiblik qiladi.
Maʼlumot uchun, Shahram bugungi kungacha professional boksda 5 ta jang oʻtkazgan va ularning barchasida gʻalaba qozongan. 4 ta bahsni u muddatidan oldin yakunlay olgan.
27 yoshli Zamudio esa professional boksda 53 marotaba jang qilishga ulgurgan. Janglarning 41 tasida u gʻalaba qozongan (25 tasi nokaut evaziga). 11 ta jangda esa magʻlubiyat alamini totib koʻrgan (9 ta nokaut). Yana bitta jangda esa durangga erishgan.

 

O’zA